Ijtimoiy tarmoqlarda tadbirkor faoliyatida soliq organlari tomonidan bir faoliyat davri bir necha marotaba asossiz tekshirilishiga yoʼl qoʼyilayotganligi yuzasidan xabarlar tarqaldi.
Аmaldagi qonunchilikka koʼra, tekshiruvni oʼtkazayotgan
nazorat qiluvchi organ tomonidan ilgari tekshirilgan faoliyat davri, predmeti
va obyekti boʼyicha qayta tekshiruv oʼtkazilmasligi belgilangan, shuningdek,
tekshirish tartibini buzganlik uchun tegishli choralar belgilangan.
Yuqorida qayd etilgan holat Biznes-ombudsman tomonidan
nazoratga olinib, hozirgi vaqtda oʼrganish ishlari olib borilmoqda.